Sizot suv
Sizot suv – yerning g`ovak yuza qatlamidagi va tuproqdagi bo`shliqlarni to`ldirgan suv. Sizot suv suvli qatlam yer yuzida yotgan joylarda bo`ladi. Suvli qatlam ustini suv o`tkazmaydigan qatlam qoplamaydi. Sizot ssuv … Read More
Sarin shamol -salqin shamol.
Tal, tall (arabcha) – tepa, tepalik. Zarafshon vodiysida joy nomlari shaklida ayniqsa ko`p uchraydi. (Talli – Barzu, Tallig`ulon va h.k.)
Tabiiy-hududiy kompleks – bir butun sistemani tashkil etadigan geografik komponentlar (tog` jinslari, reylef shakllari, havo, suv, tuproq, o`simlik va hayvonot dunyosi) ning qonuniy majmui; komponentlar bir-birlariga doimo ta’sir etib turadi.
Tabiiy-geografik rayon – tabiiy geografik rayonlashtirishdagi eng kichik regional birlik. Tabiiy geografik rayon ko`pincha geografik landshaft va region atamalarining sinonimi sifatida ham qo`llaniladi.
Tabiiy geografik provinsiya – tabiiy geografik rayonlashtirish birligi. Geografik zonaning tabiiy geografik oblast doirasidagi qismi. Masalan, Shimoli-g`arbiy tayga provinsiyasi, Pechora tundrasi provinsiyasi, Pechora taygasi provinsiyasi va h.k.
Tabiiy geografik oblast – tabiiy geografik rayonlashtirish birligi. Tog`li tabiiy geografik o`lkalarning yirik regional birligi. Masalan, Qutbiy Uralning tundra oblasti, Shimoliy Uralning tayga oblasti va h.k.
Tabiat kompleksi (geografik kompleks)-tabiatning o`zaro ta’sir etib va bir-birini taqozo qilib, yagona sistema hosil qilib turuvchi komponentlari: reylef, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosining qonuniy … Read More
O`tirma surilma – qatlamlanmagan suv o`tkazuvchi jinslarda hosil bo`ladigan surilma. Suvga to`yingan bunday jinslar o`tirib qolib, doira shaklidagi botiqlar hosil qiladi. Qora dengizning Kavkaz qirg`oqlarida bunday surilmalar ko`p uchraydi.