SAHHOF
SAHHOF (Arabcha) — kitobda muqovalovchi usta, muqovasoz. Aslida yaxlit katta o’lchamdagi qog’ozni buklab sahifaga ajratuvchi shaxs — sahifalovchini bildirgan. Sahhof keyinchalik varakdarni jamlab muqovaga oluvchi ustani anglatgan.
SAHHOF (Arabcha) — kitobda muqovalovchi usta, muqovasoz. Aslida yaxlit katta o’lchamdagi qog’ozni buklab sahifaga ajratuvchi shaxs — sahifalovchini bildirgan. Sahhof keyinchalik varakdarni jamlab muqovaga oluvchi ustani anglatgan.
SAHHOFLIK — 1) hunarmandlik turi, qog’ozni sahifalash va kitobni muqovalash kasbi; 2) Sharq bozorida sahhoflar (yoki ularning do’koni) joylashgan rasta.
SEVERSOV MUZLIGI – O’zbekistondagi eng yirik muzlik. Qashqadaryoning irmog’i — Oqsuv Daryosining yuqori oqimida. Hisor tizmasi g’arbiy qismining shimoliy yon bag’rida. Maydoni 1,38 kilometr kvadrat. N.A. Severnoye nomi b-ilan atalgan. … Read More
SEVERSOV CHO’QQISI – Pyotr I tizmasining shimoliy yon bag’ridagi cho’qqi. Muzgaza daryosining boshlanish joyida. Cho’qqi N.A. Severnoe nomiga qo’yilgan. Alpinistlar Seversov cho’qqisiga 1974 yildan chiqa boshlagan.
SEGNET TUZI, C4H4O6KNa4H2O vino kislotaning kaliynatriyli qo’shaloqtuzi. Rangsiz kristall modda. 100° da 3 molekula suvini yo’qotadi, to’rtinchi molekula suvi esa 130°da ajraladi. Suvda yaxshi eriydi. Segnet tuzi Feling rektivi tarkibiga … Read More
SEYITNIYAZOV NARBAY (1948.5.9, To’rtko’l tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2003). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970 yildan To’rtko’l tumanidagi 32, 1991 yildan 8-maktabda frantsuz tili o’qituvchisi. Noan’anaviy … Read More
SEYSMO… (Yun. seismos — yer silkinishi, qimirlashi) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi; o’zi birga kelgan so’zning yer qimirlashiga, yer osti silkinishlariga aloqadorligini ko’rsatadi, masalan, seysmograf, seysmologiya.
SEKANS (lotincha secanc — kesuvchi, kesib o’tgan) — 1) trigonometrik funktsiyalardan biri. Sekans sek kabi belgilanadi. 2) to’gri burchakli uchburchak o’tkir burchagi sekansi gipotenuzaning shu o’tkir burchakka yopishgan katetiga nisbatidir.