SANDAL

SANDAL, tancha — mahalliy isitish vositasi. Qadimdan O’rta Osiyoda, Afg’oniston, Eron, Turkiya, Yaponiya va boshqalar. Sharq mamlakatlarida ishlatilib kelingan. Sandal uchun xonaning bir chetiga chuqurcha kazilib, ichi maxsus shaklda ishlanib, … Read More

SAMUELSON (SAMUELSON) BENGT

SAMUELSON (SAMUELSON) BENGT (1934) — shved biokimyogari. Asosiy tadqiqotlari prostaglandinlarni ajratib olish, kimyoviy tuzilishi va biokimyoviy xususiyatlarini o’rganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1982, Samuelson Bergstryom va J. R. Veyn bilan … Read More

SAMUM

SAMUM (Arabcha — issiq shamol) — Arabiston yarim oroli va shimoliy Afrika cho’llaridagi quruq issiq shamolning nomi. Samum kuchli qumli bo’ron, ba’zida momaqaldiroq bilan birga kuzatiladi.

SALVADORLIKLAR

SALVADORLIKLAR — xalq. Salvadorning asosiy aholisi (4,84 million kishi). Umumiy soni 5,3 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, metislar. Ispan tilida so’zlashadilar. Dindorlari — xristian katoliklar.

SALTANAT

SALTANAT (Arabcha) — 1) sultonlik, yakka xon, Amir yoki podsho hukmronligi hamda ularning mavqei; 2) mustamlakalari yoki tobe o’lkalari bo’lgan yirik davlatlar; imperiya.

SALAKA

SALAKA (Clupea harengus membras) — seldlar urug’iga mansub baliq, atlantika seldining kenja turi. Uzunligi 20 santimetrgacha, gigant Salaka —38 santimetrgacha. Boltiq den-gizining Sharqiy qismi, ayrim Shvetsiya ko’llarida tarqalgan. Tuda bo’lib … Read More

SAKSONIYA

SAKSONIYA — 1) sakslar yashagan tarixiy viloyat, ular bu yerda gersoglik-Germaniyaning quyi Saksoniya hududiga to’g’ri keladi. 2) Germaniyaning o’rta qismidagi o’rta asrlar knyazligi (15-asrdan kurfyurstlik), 1806-1918 yillarda Qirollik (poytaxti — … Read More

SAKARIYA

SAKARIYA — Turkiyaning shimoliy g’arbiy qismidagi daryo. Uzunligi 790 kilometr havzasining maydoni 65 ming kilometr kvadrat. Anadolu yassitog’ligidan boshlanib, qora dengizga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 200 metr kub/sekund, qishda toshadi. … Read More

SAYRA

SAYRA (Cololabis saira) — sargansimonlar turkumiga mansub tuda bo’lib yashovchi dengiz balig’i. Uzunligi 36 santimetrgacha, vazni 200 grammgacha, tinch okeanning shimoliy qismi va Yapon dengizida tarqalgan. 5-6 yil yashaydi; 3-4 … Read More

SAYMA

SAYMA — Finlyandiyaning Janubiy Sharqiy qismidagi ko’llar sistemasi. Maydoni 4400 kilometr kvadrat (eng kattasi — Sayma ko’li, maydoni 1800 kilometr kvadrat), eng chuqur joyi 82 metr. Qirg’oqlari kuchli yemirilgan, tik; … Read More