SHOXBARGDOSHLAR

SHOXBARGDOSHLAR — shoxbargnamolar qabilasi (tartibi)ga mansub oila. Ko’p yillik o’t. 1 turkumga mansub 6 turi bor. O’zbekistonda 2 turi ko’llarda, sekin oqadigan daryolarda suvga botib o’sadi.

SHORLAR

SHORLAR (o’zlarini shor deb atashadi) — Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida yashovchi xalq (tog’li Shoriya). 16 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shor tilida so’zlashadi. Dindorlari rasman xristian bo’lsalarda, shomonlik saqlangan.

SHOM

SHOM — Quyosh botib, qorong’ulik boshlangan payt va shu vaqtda o’qiladigan namoz. Shom namozi Quyosh botgandan boshlab, Mag’rib ufqidagi qizil shafaqning ko’rinmay ketadigan vaqtigacha ado etiladi.

SHOLAPUR

SHOLAPUR — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatida. Delan yassitog’ligining g’arbiy qismida. Aholisi 620 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Savdotransport markazi. Ip gazlama va qand sanoatlari rivojlangan. Hunarmandchilikda gazlama to’qiladi, metall, … Read More

SHODMONOVA MAQSUDA

SHODMONOVA MAQSUDA (1931.25.12, Farg’ona shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1954). 1954 yildan Farg’ona shahridagi 1-maktabda ona tili va adabiyot o’qituvchisi, maktab direktori, o’quv bo’limi … Read More

SHOVUN

SHOVUN, shoqul — 1) qurilishda — bino va inshootlarning devori, ustuni va boshqalarning tik (vertikal) vaziyatini taxminan aniqlash uchun mo’ljallangan binokorlik asbobi. Bir uchiga yuk (tosh, metall) bog’langan chilvir (pishiq … Read More

SHLISA

SHLISA (nemischa §eg|1TS2 — qirqim) — 1) tishli birikmalarla valning birikmadagi detallar tishi kirib turadigan o’yig’i. Shlisalar soni to’rt va undan ortiq bo’ladi; 2) vint yoki shuro’p kallagida buragich (otvyortka)larga … Read More

SHKIV

SHKIV (gollandcha zspuo — tasmali uzatma detali; sirti tekis yoki maxsus o’yiqchali g’ildirak. Gardishi tsilindrik, bochkasimon yoki shakldor (ponasimon tasmalar uchun) bo’lishi mumkin. Val va o’qlarga shponkap&r vositasida o’rnatiladi. Shkiv … Read More