SHERLOK XOLMS
SHERLOK XOLMS — A. Konan Doyl hikoya va qissalarining bosh qahramoni, xususiy izquvar; familiyasi amerikalik yozuvchi O.U.Xolms sharafiga berilgan. Bu nom izquvar ma’nosida turdosh otga aylangan.
SHERLOK XOLMS — A. Konan Doyl hikoya va qissalarining bosh qahramoni, xususiy izquvar; familiyasi amerikalik yozuvchi O.U.Xolms sharafiga berilgan. Bu nom izquvar ma’nosida turdosh otga aylangan.
SHELF (inglizcha kpei) — dengiz ostida qolgan qit’a atrofi (eng global masshtabda 1500 kilometr gacha, o’rtacha 78 kilometr) yoki normal platformaga qaraganda sezilarli harakatchan paleostruktura.
SHELL MADANIYATI (arxeologiyada) — Yevrosiyo va Afrikada ilk Paleolit davrida tarqalgan madaniyat. Parij yaqinidagi Shel (Shell) nomidan olingan. 19-asrning 60-yillarida frantsuz arxeologi G.Mortile o’rgangan. Shell madaniyati uchun toshdan yasalgan qo’l … Read More
SHVEYTSARIYALIKLAR Shveytsariya aholisining umumiy nomi. German-shveytsariyaliklar (4,22 million kishi, 1990-yillar o’rtalari), frantsuz-Shveytsariyaliklar (1,16 million kishi), italyan- shveytsariyaliklar (230 ming kishi) va retoromanlar (60 ming kishi)dan iborat. Shunga ko’ra, nemis, frantsuz, … Read More
SHAHZODA OROLLARI, qizil adalar — marmar dengizigtyat shim. Sharqiy qismidagi orollar (9 ta) guruhi. Istanbul shahri yaqinida, Turkiya hududi. Maydoni 10,8 kilometr kvadrat. Bog’va tokzorlar barpo qilingan. Dengiz kurorti ko’p.
SHAHANSHOH (forscha aynan — shohlar shohi) — sosoniylar davridan boshlab Eron hukmdorlari unvoni. Axomaniylar davridagi xshayatiya xshayatiyanam — shohlar shohi unvonidan olinganligi taxmin etiladi.
SHA’BON (Arabcha) — qamariy yil hisobida (oy taqvimida), shuningdek, musulmonlarning hijriyqamariy yil hisobida sakkizinchi oy; 29 kunga teng.
SHAXSEY-VAXSEY — shialikdagi motam marosimi. Muhammad payg’ambar nabirasi (Alining o’g’li) Imom Husayn ning halok bo’lgani munosabati bilan har yili Muharram oyining boshida o’tkaziladi. Shaxsey-vaxsey shialarning motam yurishlari vaqtida odat bo’lgan … Read More