ASHERSONIYA

ASHERSONIYA (Ashersonia) — takomillashmagan zamburug’lar avlodi; oqqanotlar oilasiga mansub zararkunanda hasharotlarning tabiiy kushandasi. Zararkunanda hasharotlarning 1 — 3 yoshdagi lichinkalarini shikastlaydi. Aning oqqanotlarga qarshi qo’llaniladigan juda ko’p formalari mavjud (Vetnam … Read More

ASHEL MADANIYATI

ASHEL MADANIYATI – quyi paleolit davri madaniyati. Shu davrga oid tosh cho’qmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, o’tkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Frantsiyaning Amen shahri yaqinidagi … Read More

ACHCHIQQOZON

ACHCHIQQOZON — chelaksimon mis qozon. Ipak bo’yash korxonalarida bo’yalgan ipakning ranglari mustahkam bo’lishi uchun achchiqtosh eritilib, ipakni solib achchiqqa bosishda ishlatiladi. Unga 20 chelak suv sig’adi.

ACHCHIQO’T

ACHCHIQO’T (Chrorophora sabulosa) — sutlamadoshlar oilasiga mansub, bo’yi 8 — 15 santimetr, keng shox-shabbali bir yillik o’t. Barglari tuxumsimon yoki to’garak, bo’yi 2,3 — 3, eni 1,6 — 2,8 santimetr. … Read More

ACHCHIQ-CHUCHUK

ACHCHIQ-CHUCHUK – pomidor va piyozdan mavsumiy tayyorlanadigan salat. Piyoz mayda to’g’ralib, sovuq suvda yuviladi, uning ustiga yupqa qilib pishgan pomidor, ko’k qalampir to’g’raladi, tuz sepib aralashtiriladi. Achchiq-chuchuk tayyorlashda 500 gramm … Read More

ACHCHIQTOSH

ACHCHIQTOSH – qo’sh sulfat tuzlarining kristallogidratlari. Sulfatli minerallardan 30 ga yaqini xalq tilida Achchiqtosh deb ataladi. Tabiiy sharoitda sof holda uchramaydi. Sof Achchiqtosh bir valentli va uch valentli metallar sulfatlarining … Read More

ACHCHIQGARVUZ

ACHCHIQGARVUZ (Citrulius colocynthis) – qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib o’suvchi bir yillik o’simlik. Palagining uzunligi 1 — 2 metr. Barglari uchburchak shaklida, bo’yi 5 — 8, eni 4 — 5 santimetr. … Read More

ACHCHIQSUV

ACHCHIQSUV — Farg’ona viloyatining Janubiy-g’arbidagi soy. Qirg’iziston hududidagi Batken-Bujum vodiysidan boshlanadi. Ko’lbuloq, Qorako’l, Zakanariq, Chilg’ozli irmoqlari qo’shilib Achchiqsuvni hosil qiladi. Buloqlardan suv oladi. Uzunligi 54 kilometr. Dastlab shimol tomon oqadi. … Read More

ACHCHIQMIYA

ACHCHIQMIYA (Gobelia pachycarpa) – burchoqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Bo’yi 30 — 45 santimetr, qalin tuk bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon, uzunligi 10 — 18 santimetr. Gullari poyaning yuqorisida … Read More

ACHCHIQKO’L KOLLEKTORI

ACHCHIQKO’L KOLLEKTORI – Farg’ona vodiysidagi eng yirik kollektorlar tarmog’i, Achchiqko’l va shimoliy Bag’dod kollektorlaridan iborat. 1970 yilda ishga tushirilgan. Achchiqko’l kollektori qurilishi bilan oldindan ishlab kelayotgan juda ko’p katta-kichik kollektorlar … Read More