AVACHA

AVACHA — Kamchatkadagi so’nmagan vulqon. Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrining shimolida. Mutlaq balandligi 2741 metr. Tepasi konus shaklida bo’lib, qor bilan qoplangan. Doimo tutun chiqib, tez-tez lava otilib turadi.

AVARUA

AVARUA — tinch okeandagi Kuk orollari (yangi Zelandiya mulki) ning eng kapa shahri va porti. Rarotonga orolida Kuk orollarining ma’muriy markazi. Aholisi 9,3 ming kishi (1986).

AVARLAR

AVARLAR (ovarlar, obrlar) — asosan turkiy qavmlardan tashkil topgan qabila Ittifoqi. Slavyanlar, franklar yurtiga, Vizantiyaga tez-tez chop-quvar uyushtirib turganlar. Milodiy 6-asrda Dunay havzasida Avar xoqonligi davlat birlashmasini barpo etganlar. AVARLAR … Read More

AVARIYADAN QUTQARISH TIZIMI

AVARIYADAN QUTQARISH TIZIMI — kosmik kemani orbitaga olib chiquvchi raketada biror avariya holati yuzaga kelganda kema ekipajini qutqarish uchun qo’llaniladigan kema bortidagi maxsus apparatlar. Agar shunday holat startda yoki uchish … Read More

AVAR XOQONLIGI

AVAR XOQONLIGI – Pannoniya (hozirgi Vengriya, Yugoslaviya va Avstriya hududining bir qismi) dagi avarlarning davlat birlashmasi (6-asr o’rtasi — 8-asr oxiri). G’arbiy turk xoqonligining asosini tashkil etgan, boshida avarlar turgan … Read More

AVAR XONLIGI

AVAR XONLIGI — Dog’istondagi davlat (12-19-asrlar). Poytaxti — Xunzax. Ilk o’rta asrlardagi sarir «podsholigi» o’rnida vujudga kelgan. Ummaxon (1634 yil vafot etgan) davrida Avar xonligi yirik siyosiy birlashma bo’lgan. 18-asrda … Read More

AVAR TILI

AVAR TILI — Dog’istonda yashovchi avarlar tili. Kavkaz tillarining shimoliy-sharqiy guruhiga kiradi. Avar tilida gaplashuvchi avarlar 268 ming kishi. Dog’iston Respublikasida yashovchi 13 qardosh xalq ham Avar tilidan ikkinchi til … Read More

AVANTYURIN

AVANTYURIN — zich mayda zarrali shaffof kvars, qo’ng’ir-qizg’ish yoki sarg’ish rangli yaltiroq mineral. Tarkibida bir me’yorda tarqalgan slyuda yoki gematit bo’ladi. kaliy va natriyga boy bo’lgan tillarang dala shpatlari ham … Read More

AVANTYURA

AVANTYURA (Fransuzcha aventure) — tasodifiy muvaffaqiyatga erishish uchun tavakkal qilingan, shubhali faoliyat; haqiqiy imkoniyatni hisobga olmasdan ishga kirishish.

AVANSTSENA

AVANSTSENA (Fransuzcha avantccene) — peshsahna, parda bilan orkestr o’rni orasidagi joy. Opera va balet spektakllarida Avanstsenadan keng foydalaniladi. Drama tomoshalarida esa parda oldida o’tadigan kichik sahnalarni ko’rsatish uchun xizmat qiladi. … Read More