AKSELEROGRAF
AKSELEROGRAF (lotincha accelero — tezlataman va …graf) — qayd qilish (yozib borish) qurilmasi bo’lgan akselerometr. Aviatsiya, vibrometriya (titrashni o’lchash) va seysmologiyada qo’llaniladi.
AKSELEROGRAF (lotincha accelero — tezlataman va …graf) — qayd qilish (yozib borish) qurilmasi bo’lgan akselerometr. Aviatsiya, vibrometriya (titrashni o’lchash) va seysmologiyada qo’llaniladi.
AKSELERATOR (lotincha accelero — tezlataman) — ichki yonuv dvigateliga karbyuratordan tsilindrga keladigan yonuvchi aralashma miqdorini yoki dizellarda nasosdan keladigan yonilg’i miqdorini rostlab turuvchi moslama. Dvigatel valining aylanishlar sonini o’zgartirish (oshirish … Read More
AKS ETTIRISH — matematika tushunchalaridan biri. Ikki ixtiyoriy X va Y to’plam hamda biror qonun (qoida) berilgan bo’lib, bu qonunga binoan X ning har bir x elementiga Y ning aniq … Read More
AKS SHU’LA — osmonning Quyoshga diametrial qarama-qarshi tomonida tumansimon, yoyiq dog’day ko’rinadigan kuchsiz shu’la. Sayyoralararo changga tushayotgan quyosh nurlarining qaytishidan hosil bo’ladi. Aks shu’lani faqat Oydinsiz, Tim qorong’i va havo … Read More
AKROTERIY (Yunoncha akroterion) – haykaltaroshlik bezagi (haykal, palmetta va boshqalar), klassik orderlarni qo’llab qurilgan me’moriy inshoot fronton burchaklari ustiga joylashtiriladi.
AKROSTIX (Yunoncha akrostichis, akros -chekka va stichos — satr) — she’r turi. Har bir satr bosh harfidan (tepadan pastga qarab o’qilganda) biror ism (so’z yoki ibora) kelib chiqadi.
AKROSOMA (Yunoncha akron — cho’qqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi g’ilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urug’lanish uchun zarur tuzilma. Akrosomada tuxumhujayra qobig’ini yemiradigan gialuronidaza fermenti bo’ladi.
AKROPETAL RIVOJLANISH (Yunoncha akron — cho’qqi, balandlik, lotincha petere — intiladi) — o’simliklardagi organlar yoki yon shoxlar eng yosh qismlarining pastdan yuqoriga qarab ma’lum tartibda birin-ketin o’sishi yoki rivojlanishi.