AVERROIZM

AVERROIZM — Arab mutafakkiri Ibn Rushd (lotincha Averroes) va uning tarafdorlarining falsafiy ta’limoti. Averroizm vakillari o’rta asr va ilk Uyg’onish davrida Aristotel, Forobiy, Abu Ali ibn Sino falsafasining ilg’or tomonlarini rivojlantirdi. Averroizm musulmon aqidachiligi va katolisizm falsafasiga qarshi chiqib, Arab xalifaligida va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida sxolastikaga qarshi kurash olib borishda qo’l keldi. Dunyoning abadiyligi, uning hech kim tomonidan yaratilmaganligi haqidagi g’oyalari, shuningdek bilimni e’tiqodga, falsafani ilohiyotga qarshi qo’yganligi sababli Averroizm ruhoniylarning g’azabiga duchor bo’ldi. Ibn Rushd Forobiy va Ibn Sino fikrlarini yanada taraqqiy ettirib, «Ikki tur haqiqat» ta’limotiga asos soldi. Bu ta’limotga ko’ra, «Falsafiy haqiqat» va «Liniy haqiqat» mustaqil ravishda mavjud bo’lib, ular turli sohalarda yetakchilik qiladi, xususan ilm-fanda «Falsafiy haqiqat»ga rioya etish zarur. Bu ta’limot falsafani, ilmni mustaqil taraqqiy ettirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ibn Rushd asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi tufayli Averroizm G’arbiy Yevropa mamlakatlariga keng yoyildi. Xususan 13- asrda Parij untida Averroizmning ta’siri kuchli edi. 14-16 asrlarda Averroizm Shim. Italiya, Frantsiyada keng tarqaldi. Averroizm katolik cherkovi tomonidan keskin qoralandi, uning tarafdorlari quvg’in va ta’qib qilindi.