AVRELIY

AVRELIY Mark (121-180) – Rim imperatori (161 yildan). Antoninlar sulolasidan. Senatorlar tabaqasiga suyangan. Armanistonda Rim hukmronligini tiklagan. Parfiyaliklar bilan bo’lgan urushda (162-166) Mesopotamiyani bosib olgan. 166-180 yillarda Markoman urushi olib borgan. So’nggi stoisizm vakili («O’ylar» falsafiy asari muallifi).