AVSTRALIYA G’O’ZASI
AVSTRALIYA G’O’ZASI (Gossypium australe Mull.) — yovvoyi g’o’za turi. Genomi S3, xromosomalar soni 2p/26. Birinchi marta F. Myuller ta’riflab bergan (1858). Avstraliyada keng tarqalgan. Avstraliya G’o’zasi ko’p yillik buta, bo’yi 1-1,5 metrgacha. Poyasi ingichka, kalta tuklar bilan qoplangan. Ko’saklari kichik (diametri 1 santimetrgacha), sirti silliq, teskari tuxumsimon shaklda, 3-4 chanoqli, ochilishi o’rtacha, chigiti mayda, uzunchoq, och kulrang, ipaksimon (uzunligi 5 millimetrgacha) tukchalar bilan qoplangan. Chigit qobig’i uncha qattiq emas. Avstraliya G’o’zasi eng tezpishar, ko’sagi 30 kunda pishib yetiladi. O’rgimchakkana va shiraga chidamli.