AYAG’UZ

AYAG’UZ — Qozog’istonning Sharqiy Qozog’iston viloyatidagi daryo. Uzunligi 492 kilometr. Havzasining maydoni 15,7 ming kilometr kvadrat. Kichik Ayag’uz va katta Ayag’uz soylarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Chala cho’ldan oqadi. Suvi ko’paygan vaqtida Balxashgacha etib boradi. Asosan qordan suv oladi. Yoz vaqtida suvi sho’r bo’ladi. Suvi sug’orishga sarflanadi.