AYEROBLAR

AYEROBLAR, ayerob organizmlar — erkin kislorod bo’lgan muhitda yashaydigan va rivojlanadigan organizmlar. Ayeroblar kislorodlan oksidlovchi sifatida foydalanadi. Ayeroblarga barcha o’simliklar, ko’pchilik hayvonlar, zamburug’lar kiradi. Hayvonlarning kislorodsiz muhitda hayot kechirishi ikkilamchi xususiyatga ega. Ayeroblar biologik oksidlanishni hujayra nafas olish sistemasi orqali amalga oshiradi. Oksidlanish jarayonida kislorod to’la qaytarilmasdan zaxarli mahsulotlar hosil bo’lishi tufayli Ayeroblar bu mahsulotlarni parchalaydigan fermentlar (katalaza, super oksid tsismutgaza) ga ega. Anaerob organizmlarda bunday fermentlar bo’lmasligi tufayli O2 ular uchun zaharli ta’sir etadi. Nafas olish zanjiri ayniqsa bakteriyalarda xilma-xil bo’lib, tsitoxromoksidaza bilan birga boshqa terminal oksidazalar ham ishtirok etadi. Ayeroblar orasida fotosintez qiluvchi tsianobakterlar, suv o’tlari, yuksak o’simliklar asosiy ahamiyatga ega. Bu organizmlar faoliyati tufayli ajralib chiqadigan O2 boshqa xdmma Ayeroblarning rivojlanishini ta’minlaydi.