AZIDLAR

AZIDLAR — kimyoviy birikmalar, tarkibida bir yoki bir necha — N3 guruhi bo’lgan azid kislota hosilalari. Anorganik Azidlarga azid kislota tuzlari [masalan, natriy azid NaN3, qo’rg’oshin azid Pb(N3)2], galogenazidlar (masalan, xlor-azid C1N3) va boshqalar kiradi. Ko’pchilik anorganik Azidlar yengil zarblanish yoki ishqalanish natijasida nam holda bo’lishiga qaramay portlash xossasiga ega (masalan, qo’rg’oshin azid portlash xossasini kuchaytiruvchi modda sifatida qo’llaniladi). Azid kislota va uning boshqa tuzlarini olishda odatda suyuqlantirilgan natriy amid orqali azot (1)-oksid o’tkazish yo’li bilan olinadigan natriy azid xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Barcha organik Azidlar, alkil va aril (umumiy formulasi RN3) yoki asil ma’lum darajada portlovchi moddalar xossasiga ega. Nitroguanilazid Hnqc(NHNO2) N3 organik Azidlarga misol bo’la oladi.