AZOV DENGIZI

AZOV DENGIZI — Atlantika okeani havzasiga mansub o’rta dengiz. Ukraina va Rossiya yerlari oralig’ida. Kerch bo’g’ozi orqali kora dengiz bilan tutashadi. Maydoni 38 ming kilometr kvadrat. Suvning o’rtacha hajmi 320 kilometr kub. Dengiz tubi tekis. O’rtacha chuqurligi 8 metr, eng chuqur joyi 14 metr. Qirg’og’i u qadar egri-bugri emas. Sohilining g’arbi, shimoliy va sharqi pasttekislik. Eng yirik qo’ltig’i — Taganrog. G’arbiy qirg’og’i yaqinida Sivash qo’ltig’i Azov Dengizidan kambar arabat strelkasi bilan ajralgan. Qirg’oq yaqinida Biryuchiy, Cherepaxa va bir guruh Peschaniy orollari bor. Azov Dengiziga don, Kuban va boshqa daryolar qo’yiladi. Azov Dengizi atrofi iqlimi kontinental, havoning o’rtacha temperaturasi yozda 23,5°, 24,5″, qishda -1°, -6°, yiliga 312-528 millimetr yog’in tushadi. Suv temperaturasi yozda 25″, 30°, qishda 0°dan past. Sho’rligi 9-11°. Azov Dengizi dekabr oxiridan mart boshlarigacha muz bilan qoplanadi. Oqimlari shamol esishiga qarab o’zgarib turadi; o’rta qismida soat mili yo’nalishiga qaramaqarshi oqadigan oqim bor. Suvi loyqa. Dengizda tishli baliqlar bor. Organik moddalar miqdori boshqa dengizdagilarga qaraganda 5-6 marta ko’p. Eng yirik portlari: Mariupol, Taganrog, Eysk, Berdyansk.