BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK — urug’langan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urug’langan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining o’zida (Bachadondan tashqari homiladorlikning shu xili eng ko’p uchraydi), tuxumdon yoki qorin bo’shlig’ida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yallig’lanishga xos o’zgarishlar (chandiq va boshqalar) bo’lishi oqibatida ular o’zining asosiy funksiyasi, ya’ni urug’langan tuxum hujayrani bachadon bo’shlig’iga o’tkazish qobiliyatini yo’qotadi, natijada urug’langan tuxum hujayra shu joyning o’zida taraqqiy etadi. Ko’pincha ayollar jinsiy a’zolari kasalliklari (polip, o’sma va boshqalar), infantilizm (jinsiy a’zolarning yetilmay qolishi), bot-bot bola oldirish, bolani uzoq vaqt emizish va boshqa sabab bo’ladi. Kasallikning kechishi va belgilari uning xili, bosqichi hamda homiladorlikning muddatiga bog’liq. Bachadondan tashqari homiladorlikning xamma xilida xam kindan qonli chiqindi ajraladi, ba’zan qon ketishi, qorin pastila og’riq, bo’shashish, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, rang o’chishi kuzatiladi. Bachadondan tashqari homiladorlik bachadon nayida bo’lsa, homiladorlikning 4 — 6 haftasida nay yoriladi, bunda qorin pastila chidab bo’lmaydigan og’riq bo’lib, hatto hushdan ketish mumkin. Ko’p qon ketishi tufayli qon bosimi pasayadi, tomir tez, lekin bilinar-bilinmas uradi. Og’irroq hollarda shok ro’y berishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlikka gumon qilinganda ayol darhol kasalxonaga yotqiziladi va jarroxlik usuli bilan davolanadi. Operatsiyadan keyin ma’lum muddatgacha yallig’lanish kasalliklarini o’z vaqtida davolatish, vaqt-vaqti bilan muntazam tibbiy (asosan akusher-ginekolog) ko’rikdan o’tib turish Bachadondan tashqari homiladorlikning oldini olishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ad.-.Skyorovya I. S.Shevchenko T. K., Aktualnoye problemo akusherskoy patologii, T., 1990.