BAKTERISIDLIK
BAKTERISIDLIK (bakteriyalar va lotincha caedo — o’ldiraman) — fizik, kimyoviy va biologik omillarning mikroorganizmlar (shu jumladan bakteriyalar) ni o’ldira olish xususiyati. Masalan, amyobalarni o’ldira olishi amyobasidlik, zamburug’larni o’ldira olishi fungisidlik deb ataladi va hokazolar, ya’ni ta’sir ko’rsatilayotgan mikroorganizmning xiliga qarab nomlanadi. Tabiiy omillardan issiqlik va nur energiyasida Bakterisidlik ko’proq. Qisqa to’lqinli nurlar, jumladan ultrabinafsha nurlar aksari mikroblarni o’ldiradi. Bakterisidlik xossasi bor kimyoviy moddalar bakterisid moddalar deb ataladi. Odam va hayvonlarning qon zardobi (unda Aleksin degan modda bor), shuningdek ko’z yoshi, so’lak, sut (ularda lizosim bor), me’da shirasi (unda xlorid kislota bor) va shu kabilar. Bakterisidlik xususiyatiga ega. Teri ham mikroblarni o’ldiradi. O’simliklar chiqaradigan fitonisid degan moddalar ham mikroblarni o’ldiradi va davolash ishida keng qo’llaniladi.