Balandlik mintaqalari

Balandlik mintaqalari – toqqa ko`tarilgan sari tabiatning o`zgarib borishi, balandlik mintaqalari quyosh radiatsiyasining kuchayishi, havo harorati va bosimning kamayishi, suv bug`lari kondensatsiyasi sharoitining o`zgarishidan paydo bo`ladi. Yog`in ma’lum balandlikkacha ko`payib, so`ng kamayadi. Yuqoriga ko`tarilgan sari, tuproq tiplari, o`simlik turlari, hayvonot dunyosi o`zgaradi. Tog`lardagi eng quyi mintaqa landshaft – shu tog` joylashgan zona landshaftiga o`xshaydi. Masalan, cho`ldagi tog`larning quyi mintaqasi cho`lga o`xshaydi. Balandlik mintaqalari yuqoriga ko`tarilgan sari tekislik zonalari tabiati almashingan tartibda o`zgara boradi, biroq ular aynan takrorlanmaydi. O`rta Osiyo tog`larining tagida cho`l mintaqasi, so`ngra tog` dashtlari, undan keyin tog` o`rmonlari, undan tepada tog` o`tloqlari, yana ham yuqorida baland tog` cho`llari va nihoyat, qop-muz mintaqalari joylashgan.