Baliqlar uxlaydimi?

Ko’zingizni ochib uxlay olasizmi? Yo’q, uxlashingiz uchun kipriklaringizni yumishingiz kerak. Shu sababli baliqlar biz kabi uxlay olmaydi. Ularning kiprigi yo’q. Ammo qorong’i tushishi bilan ular dam oladilar. Ayrimlari hatto yonbosh bo’lib yotadilar. Baliq ko’zi bilan odamning ko’zi o’rtasida ba’zi o’xshashliklar mavjud. Ammo odam ochiq havoda, baliq suvda yashashidan kelib chiquvchi shartli farqlar ham bor. Odamlarniki singari baliqlar qorachig’ini ham o’rab turuvchi rangdor ko’z pardasi mavjud. Ko’p baliqlarning qorachigi o’z o’lchamini o’zgartirmaydi. Bu uning yorqin nurdan qamashmasligi va qorong’ilikdan kengaymasligini anglatadi. Odamlarda esa teskari hol yuz beradi. Shuning uchun ham baliq yorqin nurga bardosh berolmaydi, u bundan ko’rmay qolishi ham mumkin. Baliq qorachiqdan o’tayotgan nur oqimini biz kabi ozaytira olmaydi. Ammo qorachig’i qamashadigan baliq turlari ham mavjud. Aytgancha, baliqlarning ko’z yoshi bo’lmaydi, chunki yosh bezlari yo’q. Ularning ko’zi atrof muhit ta’siridan namchildir. Aksariyat baliqlarning ko’zi boshining har ikki yonida joylashgan. Baliqning har bir ko’zi tasvirni faqat bir tomoni bilan ko’radi. Shuning uchun ham baliqlarning har ikki tomonida odamlarnikiga nisbatan kengroq ko’rish maydoni bo’ladi. Ular oldidagi, ortidagi, yonboshidagi, ustidagi va ostidagi narsalarni ko’risha oladi. Baliq burni oldida har ikki ko’zini bir narsaga qaratishga qodir. Tajribalar tasdiqlashicha, ayrim baliqlar rangni farqlay olar ekan. Ular qizil va yashil rangni farqlaydi, ko’k va sariq ranglarni ham ajrata bilsa ajab emas. Afsuski, bu borada baliqlarning oz turi tajribadan o’tkazilgan. Shuning uchun ham hamma baliqlar rangni ajrata oladi, degan xulosaga bormaslik kerak. Baliqlar turi o’rtasida juda katta farqlar bor.