BANAN
BANAN (Musa) — banansimonlar oilasiga mansub ko’p yillik tropik o’simlik. Vatani Afrika va Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagi. Asosan, Lotin Amerikasi mamlakatlarida o’stiriladi. Bananning bo’yi 15 metrgacha boradi, bargi yirik (uzunligi 4 metrgacha, eni 90 santimetrgacha). Bananning 40 ga yaqin turi bor. Guli qo’sh jinsli. Mevasi rezavor meva. Bir tup mevada 300 tagacha mevasi bor (60 kilogrammgacha). Bir mevasining uzunligi 15 santimetrgacha, diametri 3 — 4 santimetrga boradi. Sarg’ish, eti oqish, shirin. Etining tarkibida 75 — 76% suv, 14 — 22% qand, 5 — 8% kraxmal, 1,5% gacha protein, 0,3 — 0,6% moy bor. Partenokarpiya usulida (otalanmasdan) meva hosil qiladi, shuning uchun urug’i puch. Banan mevasi xo’lligicha hamda quritilgan holda iste’mol qilinadi. Ko’pchilik turlarining mevasi eyishga yaramaydi. Banan ildiz bachkilari yordamida ko’payadi. Ayrim turlaridan dengizchilikda qo’llaniladigan arqonlar, baliq ovlash to’rlari tayyorlashda ishlatiladigan tola (Abaka) olinadi. Bananning xushmanzara daraxt sifatida ko’chalar, parklarda va uylarda o’stiril gan turlari ham bor (yapon Banan). Rixsivoy Jo’rayev.