BARIY GIDROKSID

BARIY GIDROKSID, o’yuvchi bariy, va(on)2 — asos (ishqor); rangsiz kristall modda. R-(— 273° dan 246° gacha turg’un) va a-(246° dan 408° gacha turg’un) modifikasiyalari mavjud. Suyuqlanish temperaturasi 408°. Bariy gidroksid 800° da Vao va suvga to’liq ajraladi. Odatdagi sharoitda uchraydigan va(on)2-8N2O rangsiz kristall modda bo’lib, zichligi 21$0 kg/m3-78° da o’zining kristallizatsion suvida suyuqlanadi. Suvda (20° li 100 gramm suvda 3,5 gramm) eriydi. Suvdagi eritmasi kuchli ishqoriy xossaga ega. Suvdagi to’yingan eritmasi barit suvi deb ataladi. Eritma havoda SO2 ni yutadi, bunda bariy karoonat (VaSO3) hosil bo’ladi. VaSO3 esa o’z navbatida eritmani xiralashtiradi. Bariy gidroksid karbonat va sulfat ionlarini ochishda sezgir reaktiv hisoblanadi. Sanoatda eritmani sulfat ionlaridan tozalashda, bariyning ko’pchilik tuzlarini olihda va qand-shakar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bariy gidroksid polimerlash reaktsiyalarini boshlab beradigan moddadir.