BEDA OLTINQO’NG’IZI

BEDA OLTINQO’NG’IZI (Sphenoptera laticeps V. Jar.) — qattiq qanotlilar turkumiga mansub hasharot. Lichinka davrida zarar keltiradi. Voyaga yetgan Beda odimchisining uzunligi 11 — 16,5 millimetrcha, uzunchoq, yassi tanasi oldidan orqa tomoniga qarab ingichkalashib boradi. Rangi qizg’ishsariq, yaltiroq, tuxumlari cho’ziq-oval, oq rangli, uning po’stidagi ajinlari aniq ko’rinib turadi. Lichinkasi cho’ziq, oyoqsiz, ko’krak qismi kengaygan. G’umbagi oq rangli, sirtdan qaraganda yetuk qo’ng’izga o’xshaydi. Tuxumini bedaning hidsiz bo’g’ziga bittalab qo’yadi. Bitga Beda odimchisi 1000 tacha tuxum qo’yadi. Tuxumidan 1 oyda lichinka chiqadi, bular poyani kemirib, ichiga kiradi va ildizgacha yeb boradi, natijada beda qurib qoladi. Kurash choralari: bedapoyani molalashdan oldin yerga donador 10% li bazudin preparati (30 kilogramm/gektar) sochiladi.