BELA IV

BELA IV (1206 1270) Vengriya qiroli (1235 y.dan). Arpadlar sulolasidan. Mo’g’ullar tomonidan mag’lubiyatga uchragach (1241) qochgan; mo’g’ullar ketgach (1242), mayda va o’rta dvoryanlarga bir qancha imtiyozlar bergan. Venetsiya bilan Dalmasiya shaharlari uchun (1243 — 44), Chexiya qiroli Prjemisl II bilan Avstriya va Shtiriya uchun (1253 — 54, 1260) urush olib borgan.