BELFAST
BELFAST — shimoliy Irlandiya (Buyuk Britaniya)ning yirik shahri. Belfastlox qo’ltig’idagi katta port. Temir yo’l tuguni. Aholisi 304 ming kishi (1986). Belfast kanal va temir yo’l orqali ichki rayonlar bilan bog’langan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kemasozlik (yirik harbiy va yo’lovchilar tashuvchi kemalar). elektrotexnika, mashinasozlik (asosan kema va to’qimachilik sanoati uchun mashinalar), samolyotsozlik, jun gazlama, gilam, sun’iy tola ishlab chiqarish va boshqalar. Universitet (1845 yildan), texnologiya kolleji, rasmlar galereyasi bor. Shahar 12-asrdan ma’lum. Irlandiya bo’lib yuborilgach (1921), shimoliy Irlandiyadagi liniy ixtiloflar natijasida yuzaga kelgan mojarolar markazlaridan biri bo’lib kelmoqda.