Belgi (nishon, yo’nalish belgisi, sath, alomat ma’nosida)
Belgi (nishon, yo’nalish belgisi, sath, alomat ma’nosida) – 1) harakat yo’nalishini aniqlash, nishonni topishga yordam beruvchi yassilikda yaqqol ko’rinadigan ko’chmas jism; 2) biror narsani farqlash yoki belgilash, biror narsaga ishora qilish maqsadida o’rnatilgan jism; 3) ko’rsatkich, ishora, biror narsani bilib olish mumkin bo’lgan belgi. Masalan: o’rnatish belgisi, mutlaq belgi, to’shama chetining sathi balandlik sathi, joy belgisi, boshlang’ich sath, loyiha belgisi, suv sathi belgisi, shartli belgi, yong’in alomatlari va hokazolar.