BELILA
BELILA (rus), oq bo’yoq — barcha turdagi bo’yoqlar va emallarga qo’shiladigan, rezina, plastmassa, qog’ozni bo’yash uchun mo’ljallangan oq pigmentlarning umumiy nomi. Oltingugurtli, ruxli, surmali, titanli, qo’rg’oshinli Belilalar bo’ladi. Oltingugurtli Belila (litopan, oq bo’yoq) — rux sulfid (ZnS) bilan bariy sulfat Vaѕo 4 arapammasi; kuchsiz kislotalar va ishqorlar ta’siriga chidamli; yorug’lik, havo, nam ta’siriga chidamsiz. Rezina, plastmassa, metallni bo’yashga ishlatiladi. Ruxli Belila (ruxli oq bo’yoq) — tarkibi ZnO. Havo, nam, yorug’lik ta’siriga chidamsiz. Ichki sirtlarni bo’yashda ishlatiladi. Surmali Belila (surmali oq bo’yoq) — tarkibi Sb2O3; havo, nam, yorug’lik ta’siriga chidamli, ammo zaharli. Shu tufayli juda kam ishlatiladi. Titanli Belila (titanli oq bo’yoq) — tarkibi TiO2; suv, kislota va ishqorda erimaydi. Tashki va ichki sirtlarni bo’yashda ishlatiladi. Qo’rg’oshinli Belila (qo’rg’oshinli oq bo’yoq) — tarkibida qo’rg’oshin gidroksid — karbonat 2RSO3 R (on)2 bo’ladi. Maxsus sirtlarni bo’yashda ishlatiladi. Yuqorida aytib o’tilgan Belilalar ichida ruxli va titanli Belilalar ko’p ishlatiladi.