BELOVTI DOVONI
BELOVTI DOVONI – Boysun tog’ning shimoldagi dovon. Belovti va Xujabo’zbarak tog’lari tutashgan joyda. Mutlaq balandligi 3650 metr. Dovondan Xo’jaipok va Sangardak daryo vodiylariga baland tog’ yo’llari o’tadi. Belovti Dovonidan g’arbga Machaydaryo va Qashqadaryo vodiylariga ikkita tor yo’l ketgan.