BELVEDER

BELVEDER (italyancha belvedere — nazargoh, kurkam manzara) — 1) bino ustiga yoki baland joyga qurilgan xona. Belveder asosan doira targ’li, ba’zida gumbazli bo’lib, ustunlarining orasi oynavand qilinadi yoki ochiq qoldiriladi (Park va xiyobonlarda); 2) saroylardagi ayrim inshootlar ham Belveder deb atapadi. Masalan, Vatikan hovlisidagi Belveder, Qobul shahridagi Bog’i Bobur binolari (yuqori qismidagi shiypon) Belvederning Sharqdagi noyob va dastlabki namunasi hisoblanadi.