BENESH EDUARD
BENESH EDUARD (1884 1948) — Chexoslovakiya davlat arbobi. 1918 — 35 yillarda tashqi ishlar vaziri. 1935 yil dekabrda respublika prezidenti qilib saylangan. 1936 yil Germaniya bilan maxfiy muzokara boshlab, Chexoslovakiyani parchalash haqidagi Myunxen bito’mi imzolangach (1938 yil), iste’fo berib, chet elga ketgan. 1940 yildan Londondagi chexoslovak muhojirlar hukumati va davlat kengashi raisi. 1946 yil iyunda Chexoslovakiya demokratik Respublikasining prezidenti qilib saylangan (1948 yil iyunda iste’fo bergan).