BENGALIYA
BENGALIYA, Bangol (Bengal tilida — Bangla) — Osiyo Janubdagi tarixiy viloyat. Gang daryosining quyi oqimi havzasi va Gang, Brahmaputra darslari deltasida. Qadimda Bengaliyaning turli qismlari Anga, Vanga, Gauda kabi nomlar bilan mashhur bo’lgan. Bu hudud 10 — 12-asrlardan Bengaliya deb atala boshlagan. 13-asr boshlarida Dehli sultonligiga qo’shib olingan. 14-asr o’rtalarida mustaqil davlat bo’lib olgan. 1575 yil boburiylar tomonidan zabt etilgan. 18- asr boshlarida Bengaliya hududida yana mustaqil davlat vujudga kelgan. 1757 yil Bengaliyani Angliya o’ziga tobe qilgan. 1947 yil Hindiston ikkiga bo’lingandan so’ng, hindu beng’allar yashaydigan G’arbiy Bengaliya Hindistonga, musulmon beng’allar yashaydigan Sharqiy Bengaliya Pokistonga o’tdi. Sharqiy Bengaliya 1971 yildan — Bangladesh davlati.