BENIN-SITI

BENIN-SITI — Nigeriya Janubdagi shahar. Bendel shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 203 ming kishi (1991). Avtomobil yo’llari tuguni. Tabiiy kauchukni qayta ishlash, shina ishlab chiqarish korxonalari, yog’moy, taxta tilish zavodlari, yog’ochsozlik, mebel fabrikalari bor. Sintetik gilamlar tayyorlanadi. Savdo markazi (palma mag’zi va moyi, kola yong’og’i, kakao, kauchuk, qimmatbaho yog’och). Hunarmandchilikda yog’och va fil suyagini o’yib ishlash va boshqalar rivojlangan. Universitet bor. Shahar yaqinidan neft qazib oliiadi. O’rta asrlarda (Buyuk Benin) va 19-asr oxirigacha Benin davlati poytaxti bulgan. 15-17-asrlarda badiiy hunarmandchiligi, ayniqsa quyma bronza haykallari bilan mashhur bo’lgan.