BENTONITLAR

BENTONITLAR, bentonitli gillar — asosan montmorilloni guruhiga mansub minerallardan iborat gillar. Ba’zan tosheovun ham deyiladi. Bentonitlar tarkibiga montmorillonitdan tashqari gidroslyuda, kaolinit, paligorskit, tseolitlar va boshqalar ham kiradi. Bentonitlar vulkanik tuf va kullarning suvda, asosan dengiz havzaaarida digenetik o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Bentonitlar kristall tuzilishi qat-qat, ko’p suv shima oladigan bo’lganligi uchun suv ta’sirida ko’pchiydi. Bentonitlar sanoatda burg’i qorishmalarini tayyorlashda, metallurgiyada, shuningdek tibbiyot va boshqalar sohalarda ishlatiladi. Bentonitlar O’zbekistonda (Sho’rsuv, Azkamar, Ko’kayti, Dehqonobod), shuningdek Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina (Qrim yarim oroli), Rossiya (Tatariston), Qozog’istonda uchraydi. Qrimda Bentonitlarni kil (gil) deb ataydilar.