BENZIL XLORID
BENZIL XLORID (xlormetil benzol), S6NSN2S1 — organik birikma. Molekulyar modda 126,59. O’tkir hidli rangsiz suyuqlik. Zichligi 1100 kilogramm/metr kub, suyuqlanish temperaturasi — 39°, qaynash temperaturasi 179°. Suvda erimaydi; spirt, xloroform va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv qo’shib qizdirilganda sekin-asta gidrolizlanib, benzil spirt hosil qiladi. Nukleofil va elektrofil almashinish reaktsiyalariga oson kirishadi. Kuchsiz oksidlovchilar ta’sirida benzaldegidga aylanadi. Sanoatda tarkibida 1% RS13 bo’lgan toluolni katalizator ishtirokida 90 — 100° gacha qizdirib, undan xlor o’tkazib olinadi. Benzil xlorid plastmassa, plyonka, elektr izolyasion qoplama va lok ishlab chiqarishda foydalaniladigan benzil spirt, benzoy kislotaning murakkab efirlari, benzilsianid va ayniqsa benzil tsellyuloza olish uchun ishlatiladi.