BERANJE PER JAN
BERANJE PER JAN (1780.19.8 Parij—1857.16.7) — frantsuz shoiri. Avval klassisizm uslubida, keyinchalik xalq qo’shiqlari yo’lida ijod etgan. «Axloqiy qo’shiqlar» (1816), «Qo’shiqlar» (1821), «Nashr etilmagan qo’shiqlar» (1828) she’riy to’plamlari bor. Napoleon tuzumini hajv ostiga olgan («Kirol Iveto», 1813). 1821 va 1828 yillarda din va jamiyat axloqini tahqirlashda («Kapusinlar», «Panoh farishtasi»), shuningdek qirolni mazax qilgani («Navaurra shahzodasi» va boshqalar) uchun ayblanib hibsga olingan. Xayoliy sotsializm g’oyasiga qo’shilgan («Telbalar»). She’rlari o’zbek tilida e’lon qilingan.