BERAR
BERAR — Markaziy Hindistondagi tarixiy viloyat. 1490 yil bu hududda Bahmaniylar davlatidan ajralib chiqqan Berar sultonligi vujudga kelgan. 1572 yil Axmadpagar sultonligi tomonidan bosib olingan. 17-asr Berar Boburiylar davlatiga qo’shib olingan. 18-19-asr boshida qisman Haydarobod, qisman marathalarga tobe bo’lgan. 1853 yil inglizlarning Ostindiya kompaniyasiga qaram bo’lib qolgan. Hindiston Respublikasida Berar 1960 yilgacha Bombey shtati, 1960 yildan Maxarashtra shtati tarkibiga kiritilgan.