BERDANKA
BERDANKA — miltiq. Kalibri 10,67 millimetr, og’irligi 4,9 kilogramm, otish uzoqligi 4000 qadam. Amerikalik polkovnik X. Berdan ishlab chiqqan; 19-asr 60-yillarida rus harbiy muhandislari A. P. Gorlov va K. I. Gunnuslar takomillashtirgan. Shundan so’ng AQShda «rus miltig’i» nomini olgan. 19-asr 70— 90-yillarida rus qo’shinlarining asosiy quroli hisoblangan. 1891 yildan boshlab Berdanka o’rniga rus ixtirochisi S. I. Mosin miltig’i ishlatilgan.