BEREZIN ILYA NIKOLAYEVICH
BEREZIN ILYA NIKOLAYEVICH (1818.19.7 1896.22.5) sharqshunos. «Sharq bo’ylab sayohat» (1849-52) asarini yozgan. Bu asarida Eron, Turkiya, Zakavkaze, Dog’iston bo’ylab qilgan sayohati (1842-45) davrida olgan taassurotlari, Sharq mamlakatlarining tabiati, xalqining yashash sharoitlari haqida hikoya qiladi. Shayboniyxon va ko’chmanchi o’zbeklar tarixiga oid «Tarixi guzidanusratnoma» asarini eski o’zbek tilidan rus tiliga («Sheybaniada») tarjima qilgan. Rossiyada birinchi bo’lib (1858-88) Rashiduddinniig «Jome attavorix» («Tarixlar majmui») asarining birinchi jildini rus tiliga tarjima qilgan. Berezin o’zbek, qoraqalpoq, tatar va boshqird shevalariga oid bir necha asarlar yozgan.