BERGAMO
BERGAMO — Italiya shimoldagi shahar, Bergamo provinsiyasi ma’muriy markazi. Aholisi 118 ming kishi (1990). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Elektrometallurgiya, qurilish va qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo, tsement, to’qimachilik sanoati, yoritish asboblari ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Geografik xarita va atlaslar tayyorlanadi. Universitet, Karrara akademiyasi suratlar galereyasi bor. Santamariya Majore cherkovi (12— 18-a.lar) saqlangan. G. Donisetti vatani.