BERGEN

BERGEN — Norvegiya Janubi g’arbidagi shahar. Shimoliy dengiz sohilidagi port. Xordalann fyulkesinipg ma’muriy markazi. Muhim transport yo’llari tuguni. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 213 ming kishi (1991). Kemasozlik, mashinasozlik, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Bergen yaqinida yirik neft-kimyo sanoati majmuasi bor. Baliq ovlanadi va baliq mahsulotlari eksport qilinadi. Universitet, savdo maktabi bor. O’rta asrlarda shimoliy g’arbiy Yevropaning yirik savdo markazlaridan biri bo’lgan. Qirol qal’asi qoldiqlari (13-asr), Rozenkrans minorasi (16-asr), Mariya cherkovi (12- asr), kompozitor E. Grig uymuzeyi kabi me’moriy yodgorliklar saqlangan. Shaharga 1070 yilda asos solingan.