BESSHATIR

BESSHATIR — qadimgi o’balar (mozorqo’rg’onlar) majmuasi (miloddan avvalgi 7-4-asrlar). Qozog’iston Respublikasining Olmaota viloyati, Qapchig’ay qishlog’idan 116 kilometr Sharqda, Ili daryosining o’ng qirg’og’idan 3 kilometr uzoqlikda, Jelshag’ir tog’i etaklarida joylashgan. Bu yerdan 2 kilometr masofaga cho’zilgan 31 ta o’ba aniqlangan. 1957-61 yillarda Yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o’rganilgan. Beshhatir o’balari Yettisuvdagi saklarning ijtimoiy-maishiy, xo’jalik tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.