BETE
BETE (Bethe) Xans Albrext (1906) nemis nazariyotchi fizigi. 1933 yilda Germaniyadan ko’chib ketgan, 1935 yildan AQShda. Ilmiy ishlari kvant mexanikasi, yadro fizikasi, qattiq jismlarning kvant nazariyasi, astrofizikaga oid. Yulduzlarda termoyadroviy reaktsiyalarning mavjud bo’lish ehtimolligini aytgan. Birinchi atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1967).