BIBI MARYAM IBODATXONASI

BIBI MARYAM IBODATXONASI (NotreDame de Paris) —Parij (Site oroli)dagi frantsuz gotikasiga xos me’moriy yodgorlik (1163-1257; me’mori J. B. Lassyu va E. Villeledyuk). Ibodatxona tarhi 5 nefli, qisqa transept (to’siq)li bazilika (uzunligi 130 metr, eni 108 metr, interer balandligi 35 metr) hamda ikki minora (balandligi 69 metr)dan iborat. Me’moriy tuzilishi gotika uslubiga xos (bosh tarzi qismlarga ajratilib, soda bezaklarda pardozlangan), bezaklarida roman uslubi qo’llanilgan (intereridagi yoysimon ravoqustunlar, arkbutan va boshqalar), shuningdek yangi konstruktiv elementlardan foydalanilgan. Bosh tarzidagi vitraj va haykallari saqlangan. Ta’mir vaqtida butunlay o’zgartirilsada (19-asr), me’moriy tuzilishidagi yaxlitlik saqlangan. Bibi Maryam ibodatxonasi Frantsiya va boshqa mamlakatlardagi ibodatxonalar qurilishiga asos bo’lgan.