BINAR METALLAR

BINAR METALLAR (bi… va metam) ikki jinsdagi metall yoki qotishmalar (masalan, po’lat va alyuminiy, titan va molibden, alyuminiy va titan)ning birikishidan hosil bo’lgan material. Qimmatbaho va noyob metallarni tejash maqsadida yoki dastlabki metallar xossasiga o’xshash xossali materiallar olish uchun ishlatiladi. Ikki metallni bir vaqgda prokatlab yoki presslab, yengil eriydigan metallni qiyin eriydigan metall sirtiga quyib yoki qiyin eriydigan metallni suyuklangan yengil eriydigan metallga botirib, galvanik usulda, elektrik yoki plazmali qizdirib lenta, sim, list, plastinka va boshqa tarzida ishlab chiqariladi. Ikki komponent (metallar yoki metall va metallmas material)dan iborat materiallar binary qotishmalar deb ataladi.