BIQIN

BIQIN — gavdaning bir qismi; qorin bo’shlig’ining yon devori, serbar muskullar (tashqi va ichki qiyshiq muskullar, ko’ndalang muskul), qorin pardadashqaridan teri va teri osti yog’ qatlamlari va ularning bag’rida tarqalgan qon tomirlari va nervlardan iborat. Biqin yuqoridan pastki qovurg’a ravoqlari, pastdan yonbosh suyagining ustki qirrasi, orqa tomondan — 11 qovurg’aning uchidan yonbosh suyagiga o’tkazilgan tik chiziq (belning tashqi chegarasi) va old tomondan qorin to’g’ri muskulining tashqi qirrasi bilan chegaralangan. Biqin orqa tomondan belga, old tomondan qorin bo’shlig’ining oldingi devoriga ulanib ketadi. Biqin ichki yuzasining bel tomonida (qorin bo’shlig’ida) buyrak, buyrak usti bezi, siydik yo’llari, qon tomirlari va ichakning bir qismi bor.