BIRLAMCHI JINSIY BELGILAR

BIRLAMCHI JINSIY BELGILAR — erkak va urg’ochi hayvon, shuningdek erkak bilan ayolni bir-biridan ajratib turadigan asosiy belgilar majmui. Birlamchi jinsiy belgilarga jinsiy a’zolar va jinsiy bezlar (urug’don va tuxumdon), shuningdek urug’ o’tkazuvchi yo’llar kiradi. Bir jinsni ikkinchi jinedan ajratib turadigan boshqa xamma belgilar (soqolmo’ylov chiqishi, ko’krak bezlarining o’sishi, ovoz o’zgarishi va hokazolar) ikkilamchi jinsiy belgilarga kiradi.