BISKAY QO’LTIG’I
BISKAY QO’LTIG’I — Atlantika okeanidagi qo’ltiq. Yevropaning g’arbiy sohilida. Ispaniyaning shimol va Frantsiyaning g’arbiy qirgoqlari oralig’ida. Maydoni 200 ming kilometr kvadrat. O’rtacha chuqurligi 1715 metr, eng chuqur joyi 5100 metr. Quruqlikka 400 kilometr kirib borgan. Biskay qo’ltig’iga Luara va Garonna daryolari qo’yiladi. Tez-tez dovullar bo’lib turadi. Suvining temperaturasi fevralda 5— 12°, avgustda 10-22°. Sho’rligi 35%». Suv qalqishi sutkalik, 6,7 metrgacha. Asosiy portlari: Bordo, Brest, San Sebastyan, Bilbao. Baliq va ustrisa ovlanadi.