BISMARK ARXIPELAGI

BISMARK ARXIPELAGI — tinch okeandagi bir tuda orollar. Papua— Yangi Gvineya tarkibida. Ikkita yirik Orol (yangi Britaniya va yangi Irlandiya), Admiralteystvo slari va bir necha mayda orollardan iborat. Maydoni 50,5 kilometr kvadratga yaqin. Aholisi 399 ming kishi (1990) — melanez va papuaslar. Yirik orollari tog’li (yangi Britani yarim orolida tog’larning balandligi 2300 metrgacha yetadi), maydalari vulkan va marjon orollaridir; harakatdagi vulkanlar ham bor (Ulavun). Iqlimi ekvatorial, tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Koks palmasi, banan, shakarkamish, tamaki, paxta, makkajo’xori yetishtiriladi. Qirg’oq yaqinida okeandan baliq ovlanadi va marvarid olinadi. Yirik aholi punktlari va portlari: Rabaul, Kavieng, Lorengau. Bismark arxipelagini 1616 yilda gollandlar kashf etgan; 1884 yildan arxipelag Germaniya mustamlakasi bo’lgach, unga O. Bismark nomi berilgan.