BIY

BIY — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshlig’i, to’rasi; 2) yuqori mansabli kishilarni ulug’lash uchun ishlatilgan so’z yoki ularga berilgan unvon; 3) ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy xalqlarning urug’ oqsoqollariga berilgan unvon. 17 — 19-asrlarda Biylar yirik o’zbek qabila va uruglarga boshchilik qilib, faqat Markaziy hukumatga itoat etgan; 4) Xiva xonligida OTAL iqlardan keyin keladigan mansab. Abulg’oziy Bahodirxon o’z yonidan Biylarga to’rtta o’rin bergan. Biylar navkarlarta sarkardalik qilganlar; 5) Buxoro xonligida xizmat pog’onasining 9-mansabi; amorat panoh unvoni bo’lgan. Bu unvonni olgan shaxs uni keying mansablarni egallaganda ham o’zida saqlab qolgan.