Bo’g’joma
Bo’g’joma (turkcha, forscha)-to’rtburchak, murabba shaklidagi ro’zg’or buyumi; ko’rpa-to’shak, kiyim-kechaklarni saqlashda va tashishda ishlatiladigan bir enli mato. Kashta tikib, gul bosib bezatiladi, shuningdek, toza jundan rang-barang bezakli qilib to’qiladi. Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqlarda keng tarqalgan.