BOSH OG’RIG’I

BOSH OG’RIG’I — boshda og’riq sezish; turli xastaliklarning eng ko’p uchraydigan belgilaridan biri. Bosh yoki miya pardalari va tomirlaridagi nerv oxirlarining ta’sirlanishi tufayli kelib chiqadi. Qattiq charchash, shamollash, asabiylashish holatlari, burun yondosh bo’shliqlarining kasalliklari, gipertoniya, miyada qon aylanishining buzilishi yoki unda o’sma paydo bo’lishi, yuqumli kasalliklar, ichki a’zolar kasalliklari, zaharlanish va boshqalar. Bosh og’rig’iga sabab bo’ladi. Tomirlar kasalliklarida bosh o’qtin-o’qtin og’rib, kishi kattik charchaganda, spirtli ichimliklar ichganda, ko’p chekkanda, shuningdek shovqin-suron, noxush hid, ravshan yorug’lik ta’sir etganda kuchayadi. Gipertoniya kasalligi bilan og’rigan bemorlar uxlab turganidan keyin boshida og’irlik sezadi va ensasi tortishib og’riydi. Odatda, shamollatilgan xonada uxlaganda va ertalab yengil mashqlar qilganda og’riq kamayadi. Migren Bosh og’rig’ining bir shakli bo’lib, unda boshning o’ng yoki chap yarmi tutibtutib og’riydi. Osteoxondroza bosh muskullari taranglashganda, ish vaqtida, o’qiganda boshni noto’g’ri tutish natijasida bo’yin muskullari zo’riqishi oqibatida ham bosh og’riydi. Xira yorug’da o’qibyozganda ko’zga zo’r kelishi, ko’z kasalligi, masalan, glaukoma ham Bosh og’rig’iga sabab bo’lishi mumkin. Doim bosh og’rib tursa, bemor sinchiklab tekshirilishi va Bosh og’rig’i sababi aniqlangandan so’ng vrach nazoratida davolanishi lozim.